"Barsa" uchun "Kamp Nou"ga qaytish omadli keldi
15 DEKABR, 2025, 17:24
Kataloniyaning "Barselona" klubi noyabr oxirida "Kamp Nou"ga qaytganidan so'ng o'z maydonidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqda.
Jamoa shu kunga qadar o'z uyida 5 ta o'yinda jami 14 ta gol urdi va 3 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.
"Ko'k-anorranglilar" "Kamp Nou"dagi navbatdagi o'yinini 25 yanvar kuni "Ovedo"ga qarshi o'tkazadi.
