logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Stiven Fulton yarim engil vazndagi WBC kamaridan voz kechdi

 15 DEKABR, 2025, 13:16

Amerikalik 31 yoshli Stiven Fulton engil vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechgan jangda O`SHaki Fosterga yutqazib qo'yganidan so'ng, yarim engil vazn WBC chempionlik kamarini egasiz qoldirdi.

Endi vakant qolgan chempionlik kamari uchun jang 31 yanvar kuni amerikalik Bryus Kerrington hamda Karlos Kastro o'rtasida bo'lib o'tadi. Kerrington iyul oyida yarim engil vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempionlik unvonini qo'lga kiritgandi.

Fulton joriy yilning fevral oyida yarim engil vazn toifasida WBC chempioni bo'lgan va birinchi engil vaznda WBC chempioni O`SHaki Fosterga qarshi jangga darhol qiziqish bildirgandi. Biroq 5 dekabrdagi ushbu jang oldidan u vazn o'lchashda muammoga duch kelgandi. Natijada WBC bokschilarga engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang o'tkazishga ruxsat bergan edi. Foster o'sha jangda ishonchli g'alabaga erishdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ