logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» sobiq sardori Nacho jamoaning hozirgi vaziyati haqida o'z fikrlarini bildirdi

 15 DEKABR, 2025, 12:36

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Nacho Fernandes jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi 2024 yilning iyulida "qaymoqranglilar" safini tark etib, Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubiga o'tgandi.

"Real"ga maslahatim? Sabr-toqat va xotirjamlikni saqlash kerak. O'ylashimcha, ularning tarkibi ajoyib, murabbiy esa jamoaga juda mos. Agar xotirjamlikni saqlasangiz, hammasi yaxshi bo'ladi," - deya Nachoning javobini keltiradi Madrid Xtra.

Madridliklar yakshanba kuni La Liga 17-turida safarda "Alaves"ni mag'lub etdi (2:1). Ayni damda Xabi Alonso jamoasi "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ