logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona»da ter Shtegen masalasiga oydinlik kiritildi

 15 DEKABR, 2025, 12:30

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen asosiy tarkibdan o'rin olmaydi.

Yaqindagina nemis jarohatini davolab safga qaytgan bo'lsa-da, "ko'k-anorranglilar"ning asosiy darvozaboni Joan Garsiya bo'lib qoladi. Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra, vaziyat bundan keyin ham o'zgarmaydi: ispaniyalik futbolchi La Liga va Chempionlar Ligasi bahslarida maydonga tushadi, ter Shtegen esa ikkinchi darvozabon maqomi uchun Voytsex Shesni bilan kurash olib boradi.

Umuman olganda, kataloniyaliklarning 33 yoshli sardori tez orada maydonga qaytishi mumkin: katta ehtimol bilan Xans-Diter Flik uni Ispaniya Kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Deportivo Gvadalaxara"ga qarshi o'yinda maydonga tushiradi. Uchrashuv seshanba kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ