"Inter" aka-uka Tyuramni birlashtirmoqchi
15 DEKABR, 2025, 08:30
"Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuram Milanning "Inter" klubiga o'tishi mumkin.
"Neradzurrilar" kelasi yozda maydon markazini kuchaytirish niyatida va "keksa sinora" xavbeki nomzodlar qatorida bor, deya xabar bermoqda Gazzetta dello Sport. Eslatib o'tamiz, "Inter" safida Kefrenning akasi, hujumchi Markus Tyuram to'p tepmoqda.
Kichik Tyuramning narxi Transfermarkt portali tomonidan 40 mln evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi turinliklar safida 18 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Frantsiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
