logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya chempionati. Shomurodovning gol va assisti «Bashakshehir» «Samsunspor»ga qarshi o'yinda ishonchli g'alaba taqdim etdi

 15 DEKABR, 2025, 00:00

Turkiya chempionati 16-turida "Istanbul Bashakshehir" safarda "Samsunspor" mehmoni bo'ldi. O'yin Samsun shahridagi «19 may» stadionida o'tkazildi.

"Istanbul Bashakshehir"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda hamyurtimiz Eldor Shomurodov gol va assist qayd etdi. Eldor dastlab 66-daqiqada o'zi gol urgan bo'lsa, 83-daqiqada Bert O'zgyurning goliga assistentlik qildi. 87-daqiqada u almashtirildi.

Yana bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 67 daqiqa harakat qildi.

Istanbulliklar bu g'alaba evaziga 3 pog'ona yuqoriga ko'tarildi va 20 ochko bilan 8-o'ringa joylashdi. "Samsunspor" 25 ochko bilan 6-pog'onada.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ