logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. "Borussiya" D safarda kamchilik bo'lib o'ynab, "Frayburg" ustidan g'alabani saqlab qola olmadi

 14 DEKABR, 2025, 22:12

"Frayburg" o'z maydonida Bundesliga 14-turidan o'rin olgan o'yinda Dortmundning "Borussiya" klubi bilan durang o'ynadi - 1:1.

Uchrashuvning 31-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Rami Bensebaini hisobni ochdi. 53-daqiqada "Borussiya" bir kishi kam bo'lib qoldi: yarim himoyachi Job Bellingem qo'pol qo'polligi uchun qizil kartochka oldi. 75-daqiqada mezbonlar forvardi Lukas Xeler o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Borussiya" Germaniya chempionati-2025/26 turnir jadvalida 29 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. "Frayburg" 17 ochko bilan to'qqizinchi o'ringa ko'tarildi.

Keyingi turda Dortmundning "Borussiya" klubi o'z maydonida Menxengladbaxning "Borussiya"sini qabul qilsa, "Frayburg" safarda "Volfsburg" bilan kuch sinashadi.

Frayburg - Borussiya Dortmund - 1:1

Gollar: Bensebaini, 31 (0:1). Xeler, 75 (1:1)

Frayburg: Atubolu, Yung (Matanovich, 76), Ginter, Gyunter (Grifo, 76), Kyubler, Osterage, Eggeshtayn, Sudzuki, Manzambi, Troy, Xeler

Borussiya D: Kobel, Shlotterbek, Bensebaini, Emre Djan (Zyule, 90), Bellingem, Nmecha, Ryuerson, Koutu (Adeyemi, 90), Chukvuemeka (Svensson, 78), Girassi (Bayer, 78), Silva (Gros, 56)

Ogohlantirishlar: Manzambi, 11. Eggeshtayn, 72. Kyubler, 90 - Koutu, 11. Ryuerson, 83

Chetlatish: Bellingem, 53

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ