logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. "Aston Villa" hazillashmayapti. Jamoa "Vest Xem" ustidan safarda kambek amalga oshirdi

 14 DEKABR, 2025, 21:36

APL 16-turida "Aston Villa" safarda "Vest Xem"ni mag'lub etdi - 3:2.

Mezbonlar safida Mateush Fernandesh va Jarrod Bouen gol urdi. Mehmonlar safida Morgan Rojers ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, yana bir golni "Vest Xem" himoyachisi Konstantinos Mavropanos o'z darvozasiga joylab qo'ydi.

"Aston Villa" 33 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda, "Vest Xem" 13 ochko bilan 18-pog'onadan joy olgan.

Vest Xem - Aston Villa - 2:3

Gollar: Fernandesh, 1 (1:0). Mavropanos, 9 - avtogol (1:1). Bouen, 24 (2:1). Rodjers, 50 (2:2). Rodjers, 79 (2:3)

Vest Xem: Areola, Mavropanos, Todibo, Diuf, Van-Bissaka, Potts (Souchek, 88), Fernandesh, Magassa (Uilson, 81), Lukas Paketa (Rodriges, 89), Sammervill (Kante, 89), Bouen

Aston Villa: Bizot, Lindelef, Konsa, Matsen (Din, 75), Kesh, Onana (Malen, 64), Kamara, Tilemans, Rodjers, Makginn, Uotkins (Buendiya, 75)

Ogohlantirishlar: Diuf, 90 - Kamara, 38. Kesh, 42

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ