logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

 14 DEKABR, 2025, 16:06

"Liverpul"ning sobiq ustozi Yurgen Klopp katta ehtimol bilan "Real"ni boshqarmaydi.

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimi tez orada bo'shab qolishi mumkin - Xabi Alonso ishdan bo'shatilishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassisning ehtimoliy o'rinbosarlaridan biri Klopp ekani aytilmoqda, ammo "qirollik klubi" boshqa nomzodlarni qidirishiga to'g'ri keladi. Diario AS xabariga ko'ra, 58 yoshli nemis murabbiylik ishiga qaytishni istamayapti - uning rejalari o'zgarmaydi.

Eslatib o'tamiz, joriy yil boshidan buyon Yurgen Klopp Red Bull futbol bo'limi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Mutaxassis 2015 yilning oktyabridan 2024 yilning yozigacha "Liverpul"da bosh murabbiy bo'lib ishlagan, avvalroq Dortmundning "Borussiya" va "Maynts" klublarini boshqargan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ