"U juda kuchli va butun jamoa kuchini ko'rsatmoqda": Diash "Manchester Siti" futbolchisi haqida fikr bildirdi
14 DEKABR, 2025, 13:06
"Manchester Siti" etakchi himoyachisi Ruben Diash jamoadoshi - norvegiyalik markaziy hujumchi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
"Erling juda kuchli. Shu zaylda davom etaversin. U jamoamizning butun qudratini ko'rsatadi, u asosiy etakchilardan biri. Uning statistikasi shuni ko'rsatadiki, u hali ham juda och. Klubning boshqa futbolchilarida ham shunday kayfiyat bo'lishi kerak," - deya portugaliyalikning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Skandinaviyalik to'purar 2025/2026 yilgi mavsumda 21 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
25 yoshli Xolandning bozor narxi 200 million evroni tashkil etadi. Norvegiyalikning shartnomasi 2034 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
