logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" yulduz yarim himoyachini ijaraga olishga tayyor

 14 DEKABR, 2025, 11:42

Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Konor Gallaxer ijara asosida "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

"Qizil iblislar" qishki transfer oynasida katta mablag' sarflashni rejalashtirmayapti, shuning uchun "matraschilar" xavbekini ijaraga olish imkoniyatini jiddiy o'rganmoqda, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs. Bitimga keyinchalik sotib olish optsiyasi kiritilishi ehtimoli yo'q emas.

Konor Gallaxer joriy mavsumda har doim ham "Atletiko"ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. "Chelsi"ning 25 yoshli tarbiyalanuvchisi transfermarkt portali talqiniga ko'ra 35 mln evroga baholanmoqda. Mankunianliklar yozda ham futbolchiga qiziqish bildirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ