logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" futbolchisi Joan Garsiyani dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri deb atadi

 14 DEKABR, 2025, 11:36

"Barselona"ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde darvozabon Joan Garsiyaning o'yiniga qoyil qoldi.

Shanba kuni ispaniyalik darvozabon "ko'k-anorranglilar"ga o'z uyida "Osasuna" ustidan "quruq" g'alaba qozonishga yordam berdi - 2:0.

"O'ylashimcha, Joan Garsiya - ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U hali yosh, lekin allaqachon eng yuqori darajaga etgan. U bizningi darvozamizni himoya qilayotganidan juda xursandmiz," - deya Baldening so'zlarini keltiradi Barca Universal.

"Barselona" Joan Garsiyani joriy mavsum starti oldidan "Espanol"dan 25 mln evroga sotib oldi. 24 yoshli kiper kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda 14 ta gol o'tkazib yubordi, shuningdek, 5 marta darvozani daxlsiz saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ