Liga1. «PSJ» so'nggi o'rindagi «Metts»ni juda katta qiyinchilik bilan mag'lub etdi
14 DEKABR, 2025, 01:06
Frantsiya chempionatining 16-turida "PSJ" safarda "Metts"ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Parijliklarga Gonsalu Ramush (31), Kventin Njantu (39) va Dezire Duening (63) gollari g'alaba keltirdi.
Mezbonlardan Jessi Deminge (42) va Georgiy Tsitaishvili (80) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
"PSJ" (36) "Lans"ni (34) ortda qoldirib, Liga 1da birinchi o'ringa ko'tarildi, ammo raqibda zaxira o'yini bor.
"Metts" (11) ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib, turnir jadvalini yakunlab berdi.
Liga1. 16-tur
13 dekabr, 23:00. «Sen-Simforen» (Metts)
Metts - PSJ - 2:3
Gollar: Ramush, 31 (0:1). Njantu, 39 (0:2). Deminge, 42 (1:2). Due, 63 (1:3). Tsitaishvili, 80 (2:3)
Metts: Fisher, Kolen, Yegbe (Sane, 74), Gbamen, Kuao, Traore (Ture, 85), Deminge, Tsitaishvili (Abuashvili, 85), En, MBaye (Sabali, 85), Diallo
PSJ: Safonov, Ernandez, Pacho, Zabarniy, Zair-Emeri, Vitinya, Ruis (Due, 46), Njantu (Kvaratsxeliya, 66), Mbay (Beraldo, 90), Ramush (Barkolya, 66), Li Kan In
Ogohlantirishlar: MBaye, 16. Kuao, 90 - Zair-Emeri, 75
