Boks, JCh. Javohir Ummataliev Jambulat Bijamovga yutqazdi va kumush medal sohibiga aylandi
13 DEKABR, 2025, 21:12
BAAning Dubay shahrida davom etayotgan Jahon chempionatida O'zbekiston delegatsiyasida navbatdagi medal.
-80 kg vazn toifasida hamyurtimiz Javohir Ummataliev finalda rossiyalik Jambulat Bijamovga yutqazdi (0:5) va kumush medalni qo'lga kiritdi.
Hozircha delegatsiyamiz hisobida 2 ta oltin (H. Do'smatov, A. Mo'ydinxo'jaev) va 2 ta kumush (A. Xalokov, J. Ummataliev) medal bor.
