Legionerlarimiz. Umarali Rahmonaliev gol urgan o'yinda "Sabah" g'alaba qozondi va peshqadamlikni qo'lga oldi
13 DEKABR, 2025, 19:54
Ozarbayjon chempionatining 13-turida hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev harakat qilayotgan "Sabah" safarda "Turan" mehmoni bo'ldi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
22 yoshli yarim himoyachimiz ushbu o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining 3-golini kiritdi. U 90-daqiqada zaxiraga olindi.
"Sabah" 31 ochko bilan peshqadam bo'lib oldi. 30 ochkosi bor "Qorabog'"da zaxira o'yini bor.
