"Yuventus" Kenan Yildizga katta maosh tayyorladi
13 DEKABR, 2025, 18:42
"Yuventus" vinger Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Tuttosport xabariga ko'ra, Turin klubi Yildizga mavsum uchun 6 million evro maosh bilan mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor.
Bu summaga "keksa senora" osonlik bilan qo'lga kiritiladigan bonuslarni qo'shishi mumkin. Masala yaqin haftalarda yopilishi mumkin. Shu bilan birga, 20 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Kenan Yildiz "Yuventus"ning asosiy jamoasi safida jami 104 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol va 17 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
