"Manchester Siti" "Liverpul"dan ildamroq chiqmoqchi
13 DEKABR, 2025, 17:42
"Manchester Siti", "Liverpul" va "Tottenxem" "Bornmut" vingeri Antuan Semenoni o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" futbolchi uchun kurashda raqiblaridan oldinda borishmoqda. Xosep Gvardiola jamoasi Semeno uchun 65 mln funt tovon puli to'lashga tayyor. Shaxsiy sharoitlar bo'lajak transferga to'siq bo'lmasligi kutilmoqda.
Antuan Semeno joriy mavsum "Bornmut" safida 15 ta uchrashuv o'tkazdi.
