logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shvaynshtayger eng yaxshi ispaniyalik futbolchini tanladi. Bu tanlov sizni hayratda qoldiradi

 13 DEKABR, 2025, 16:54

Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger tarixdagi eng yaxshi ispaniyalik futbolchini tanladi.

"Arsen Venger" telegram-kanali xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchi "Barselona" vingeri Lamin Yamalni tanlagan. Qayd etish joiz, yarim himoyachi hozirda endigina 18 yoshda. Bunday tanlov o'quvchilarda katta taajjub uyg'otdi.

Lamin "ko'k-anorranglilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yamal 2023 yildan buyon "Barselona"ning asosiy jamoasida to'p tepib kelmoqda.

Vinger Kataloniya grandi bilan 2031 yilning o'rtalariga qadar shartnoma majburiyatlari bilan bog'langan. Lamin "Transfermarkt" portali tomonidan 200 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ