"Real"ning yana ikki futbolchisi ham qaytdi
13 DEKABR, 2025, 16:24
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachilari Antonio Ryudiger va Din Xyoysen "Alaves"ga qarshi La Liga 16-tur o'yinidan avvalgi so'nggi umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Ryudiger mushaklari bilan bog'liq muammolar sabab kechagi mashg'ulotlarda qatnashmagan edi. Xyoysen ham aynan mushak muammolari sabab 5 ta o'yinni o'tkazib yuborgan.
Ertaga "qirollik klubi" himoya markazida aynan Ryudiger - Xyoysen tandemini ko'rish ehtimoli yuqori.
