logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" "Al-Ittihod" yulduzini Evropaga qaytarishga tayyor

 13 DEKABR, 2025, 16:12

Ma'lum bo'lishicha, Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Pari Sen-Jermen" Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi va Frantsiya terma jamoasining yulduz yarim himoyachisi Ngolo Kanteni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.

Qayd etilishicha, taniqli tayanch yarim himoyachisining jamoa bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, yangi bitim bo'yicha hali muzokaralar yo'q - frantsuz grandi futbolchini tekinga qo'lga kiritishi mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi bungacha ham Evropada to'p tepgan, xususan, Angliyaning "Lester Siti" va Londonning "Chelsi" jamoalaridagi o'yinlari bilan yodda qolgandi.

34 yoshli Ngolo Kante joriy mavsum Saudiya Arabistoni klubi safida 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt portali xavbekni 5 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ