logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" yuristlari Negreyra ishi bo'yicha sudda Laportaga savollar berishdi

 13 DEKABR, 2025, 14:48

"Real" yuristlari Negreyra ishi bo'yicha sudda "Barselona" prezidenti Joan Laportaga savollar berishdi.

Madrid klubi vakillari sud jarayonida xususiy ayblovchi sifatida ishtirok etdi.

"Real" yuristlari Laportadan hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra uchun to'lovlarning 800 foizga oshirilishi sabablari, Negreyraning o'g'li hakamlar haqidagi hisobotlarni tayyorlashda va ularga to'lovlarni olishda ishtirok etgani haqida so'rashdi.

Bundan tashqari, huquqshunoslar "Barselona" nima uchun to'lovlarni soliq organlaridan yashirgani bilan qiziqdi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyati Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) ishlagan Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berishda ayblangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ