logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA 200 mamlakatdan chiptalar uchun 5 mln ariza kelib tushganini ma'lum qildi

 13 DEKABR, 2025, 14:42

FIFA JCh-2026 chiptalariga talab yuqori ekanini ma'lum qildi.

Jahon chempionati uchun chiptalar sotuvining uchinchi bosqichi boshlanganidan atigi 24 soat o'tib, 200 dan ortiq mamlakatdan kelgan muxlislar sayt orqali chiptalar uchun 5 million ariza topshirdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, guruh bosqichining ayrim uchrashuvlariga qiziqish katta.

Kolumbiya va Portugaliya o'rtasidagi uchrashuv (Mayami, 27 iyun) tasodifiy tanlov bosqichida eng mashhuri bo'ldi.

Top-5 likdan Braziliya - Marokash (Nyu-York, Nyu-Jersi, 13 iyun), Meksika - Koreya (Gvadalaxara, 18 iyun), Ekvador - Germaniya (Nyu-York, Nyu-Jersi, 25 iyun) va Shotlandiya - Braziliya (Mayami, 24 iyun) o'rin olgan.

Eng ko'p arizalar mezbon davlatlar - AQSh, Meksika va Kanaldan kelib tushgan. Top-10 talikka Kolumbiya, Angliya, Ekvador, Braziliya, Argentina, Shotlandiya, Germaniya, Avstraliya, Frantsiya va Panama kirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ