Yaxshi hujumchiga yolchimayotgan «Roma»ning «Tottenxem» forvardini qo'lga kiritish imkoniyati yo'qolib bormoqda
13 DEKABR, 2025, 14:00
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Matis Tel Italiyaning "Roma" klubiga o'tishi qiyin masala. Bu haqda Il Messagero xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Roma"ning 20 yoshli Telni qo'lga kiritish imkoniyatlari yo'qola boshlagan, chunki frantsuz Tomas Frank uchun tobora muhim futbolchiga aylanib bormoqda. Yaqinda Telning Chempionlar ligasi uchun "Tottenxem" qaydnomasiga kiritilgani futbolchining klubdagi mavqeini mustahkamlanganini bildiradi.
Joriy mavsumda Tel barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Hujumchining "shporlar" bilan mehnat shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining narxi 30 million evroni tashkil etadi.
