logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriyada oy futbolchisi ma'lum qilindi

 13 DEKABR, 2025, 13:00

Frantsiyalik darvozabon Mayk Menyan A Seriyada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o'zining asosiy qahramonligini 23 noyabr kuni bo'lib o'tgan "Milan" va "Inter" derbisida ko'rsatdi - o'shanda Menyan Xoqon Chalxano'g'lining penaltidan tepgan to'pini qaytarib, jamoasining g'alabasini saqlab qolgandi.

Natijada hozirda Massimiliano Allegri qo'l ostidagi "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mayk Menyan Frantsiyaning "Lill" klubidan "Milan"ga o'tgan 2021 yildan buyon A Seriyada harakat qilib kelmoqda. Italiyadagi birinchi mavsumidayoq u Skudetto sohibiga aylangandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ