Argentinalik yulduz A Seriyaga qaytish uchun maoshini pasaytirishga ham tayyor
13 DEKABR, 2025, 12:54
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi hujumchisi Mauro Ikardi yana A Seriyaga qaytishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Argentinalik yulduzga "Milan" qiziqish bildirmoqda, ammo Mauroning Turkiyada oladigan yiliga 11 million evro maoshi "rossonerilar"ga og'irlik qiladi.
A Seriyada bunday maoshni hech kim to'lamaydi - ammo Corriere della Sera Ikardi A Seriyaga qaytish uchun katta maosh talablarini kamaytirishga rozi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi "Inter" safida roppa-rosa etti yil - 2013-2020 yillar davomida to'p tepgan. Keyinchalik u "PSJ"da uch yil o'ynadi, 2023 yilda esa "Galatasaroy"ga o'tdi.
