logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" yulduzi avgust oyidan buyon ilk bor "Stemford Bridj"da o'ynashga tayyor

 13 DEKABR, 2025, 12:42

"Chelsi" hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer "Stemford Bridj"ga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

23 yoshli futbolchi jarohati sabab sentyabrdan dekabr oyi boshigacha maydonga tushmadi. Yaqinda "ko'klar" etakchisi safga qaytdi, ammo ko'p o'tmay yana safdan chiqdi va Chempionlar ligasida "Atalanta"ga qarshi kechgan o'yinni o'tkazib yubordi. Endi ingliz jarohatni butunlay davoladi: u "Everton" bilan shanba kungi uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda, bu uning avgust oyi o'rtalaridan beri "Stemford Brij"dagi ilk uchrashuvi bo'ladi.

"Ertaga nihoyat uyga qaytaman. Keling, hammasini birgalikda tuzatamiz," - deb yozdi Palmer ijtimoiy tarmoqda va "Chelsi" stadionidan tushgan suratini ilova qildi.

"Everton"ga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ