logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'z xatolarini anglab etgan "Real" futbolchilari Alonso uchun oxirigacha turib bermoqchi

 13 DEKABR, 2025, 12:36

Madridning "Real" klubi futbolchilari iste'foga chiqarilishi mumkin bo'lgan bosh murabbiy Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Turli manbalarga ko'ra, yakshanba kungi "Alaves"ga qarshi o'yin ispaniyalik murabbiy uchun "qirollik klubi"dagi so'nggisi bo'lishi mumkin. AS ma'lumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchilari o'z xatolarini anglab etgan va sodir bo'layotgan voqealar uchun barcha javobgarlikni o'z zimmalariga olishga tayyor. Jamoa bosh murabbiyi uchun oxirigacha kurashadi va ish iste'fo bilan yakunlanmasligi uchun hamma narsani qiladi.

"Real"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'tgan uchrashuvi 1:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan edi. Madridliklar barcha musobaqalardagi so'nggi sakkiz uchrashuvdan atigi ikkitasida g'alaba qozonishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ