logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh uchun katta narx qo'ydi

 13 DEKABR, 2025, 12:36

Portugaliyalik yulduz yarim himoyachi Brunu Fernandesh yaqin kelajakda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, "qizil iblislar" rahbariyati 31 yoshli xavbekni katta pul evaziga sotib yuborish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Mankunianliklar Fernandeshni sotishdan taxminan 80 million evro ishlab olishni mo'ljallamoqda. Portugaliyalik futbolchining transferiga Saudiya Arabistoni chempionati klublari qiziqish bildirmoqda.

Brunu 2020 yilning yanvaridan beri "MYu" futbolchisi hisoblanadi. Portugaliyalikning shartnomasi 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Fernandeshning bozor narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ