logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Javohir Sindarov 1 000 000 AQSH dollar mukofot puliga ega turnirda qatnashadi

 13 DEKABR, 2025, 12:32

14-24 dekabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Tech Mahindra Global Chess League 2025 turniri bo'lib o'tadi.

Uchinchi mavsum Global Chess League musobaqasida dunyoning eng kuchli grossmeysterlari yana bitta superliga atrofida jam bo'ladi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi roppa-rosa 1 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Jami 6 jamoa va har bir jamoada 6 nafar shaxmatchi (kamida 2 ayol; kamida 1 yosh (U-21) o'yinchi bo'lishi shart) bo'ladi.

Jamoalar bir-biri bilan aylanma tizimda ikki martadan o'ynaydi. Umumiy turlarlardan so'ng eng ko'p ochko to'plagan ikki jamoa finalda chempionlik uchun kurashadi.  

Sindarov shaxmat afsonasi Vishvanatan Anand, shuningdek, Vinsent Keymer, Stavrula Colakidu, Polina SHuvalova va Raunak Sadhvani bilan birgalikda Ganges Grandmasters jamoasi sharafini himoya qiladi. 

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Javohir Sindarov kuni kecha Janubiy Afrika Respublikasida yakuniga etgan Freestyle Chess Finals turnirida qatnashib, 4-o'rinni egallagandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ