logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real", "Liverpul" va "Yuventus"ning transfer maqsadi bir

 13 DEKABR, 2025, 11:54

"Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jakega Evropa grandlari qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchini Madridning "Real" klubi kuzatib bormoqda. Istiqbolli frantsuzning joriy mavsumdagi o'yini "qirollik klubi" skautlarida katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, markaziy himoyachi Angliyaning "Liverpul" va Italiyaning "Yuventus" klublari radarlarida bo'lib turibdi.

Jeremi Jakening Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 12 mln evro. Futbolchi "Renn" safida Liga 1ning joriy mavsumida 15 ta o'yinda maydonga tushdi. "Qizil-qoralar" tarbiyalanuvchisi hozircha Frantsiya terma jamoasida o'yin o'tkazmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ