logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Simons nega "Tottenxem"ga o'tishga qaror qilganini tushuntirdi

 13 DEKABR, 2025, 11:36

"Tottenxem" klubi hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons nima uchun yozda aynan londonliklar safiga o'tishga qaror qilgani haqida gapirdi.

"Shporlar" niderlandiyalik futbolchini avgust oyi oxirida Germaniyaning "RB Leyptsig" klubidan 65 mln evro evaziga sotib olgandi.

"Klub juda qiziqarli loyihani taqdim etdi, jamoamizda ko'plab yaxshi yosh futbolchilar bor - bu meni eng ko'p ruhlantirdi. Men sovrinlar yutishni, barcha turnirlarda g'oliblik uchun kurashishni istayman. O'ylaymanki, "Tottenxem"ga o'tish - to'g'ri qaror," - deya 22 yoshli futbolchining intervyusidan iqtibos keltiradi ingliz OAV.

Xavi Simons Tomas Frank jamoasi safida 20 ta o'yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ