logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIA bilan hamkorlik yangi darajaga ko'tariladi

 13 DEKABR, 2025, 11:16

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) prezidenti Muhammad Ben Sulayem bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar O'zbekistonda avtosport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro tadbirlarni o'tkazish va sportchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasidagi istiqbolli tashabbuslarni ko'rib chiqdi.

Uchrashuv davomida mamlakatda yirik sport loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida takidlanib, FIA bilan hamkorlik yurtimizda avtomobil sportining yangi yo'nalishlarini joriy etish hamda mintaqada etakchi markazga aylanish sari muhim qadam ekani qayd etildi. 

Tomonlar kelgusida qo'shma loyihalar, malaka oshirish dasturlari va xalqaro turnirlarni tashkil etish bo'yicha rejalarni belgilab olishdi.












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ