logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

David Silva o'tmishda nega "Barselona"ga emas, "Manchester Siti"ga o'tishga qaror qilganini tushuntirdi

 13 DEKABR, 2025, 11:06

Ispaniyalik sobiq yarim himoyachi David Silva "Manchester Siti"ga o'tish qarori haqida gapirdi.

"Shaharliklar" futbolchini 2010 yilda "Valensiya"dan sotib olgan. Jahon chempioni "Barselona"ga o'tishi mumkin edi, deb hisoblashadi, ammo u "ko'k-anorranglilar" safida o'ynamadi.

"Barselona"ga o'tishdan kamdan-kam odam bosh tortgan bo'lardi, ammo o'sha paytda "Manchester Siti" men uchun eng yaxshi tanlov edi. Men u erda ajoyib o'n yilni o'tkazdim. Menga juda iliq munosabatda bo'lishdi, barchasida g'alaba qozondik, jamoa tinimsiz o'sishda davom etdi. Angliyada hammasi butunlay boshqacha," - deya 39 yoshli sobiq yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Managing Barca.

David Silva 2020 yilda faoliyatini yakunlagan. "Shaharliklar" safida u to'rt karra Premer-liga g'olibiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ