logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konor Makgregor to'rt nafar farzandining onasiga uylandi + FOTO

 13 DEKABR, 2025, 11:00

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'n etti yillik turmushidan so'ng mahbubasi Di Devlin bilan munosabatlarini rasman rasmiylashtirdi.

Faqat tor doiradagi qarindoshlar va yaqin do'stlar ishtirok etgan katolik marosimi bo'yicha nikoh marosimi Vatikandagi mavjud cherkovlarning eng qadimgisi hisoblangan (V yoki VI asrda qurilgan) va Efiopiya katolik cherkoviga tegishli bo'lgan kichik Santa Stefano del Abissini cherkovida bo'lib o'tdi.


Juftlik dastlab Rim papasi saylovi bo'lib o'tadigan mashhur Sikstin kapellasida o'zlarini nikoh rishtalari bilan bog'lamoqchi bo'lgandi. Ammo bu ilojsiz bo'lib chiqdi, chunki Muqaddas Taxt bu ibodatxonada to'y o'tkazishga ruxsat bermaydi.

Malumot uchun, Konor Makgregor va Di Devlin 2008 yildan beri birga yashaydi. Bu juftlikning to'rt nafar farzandi bor, ularning eng kattasi sakkiz yoshda, eng kichigi esa yaqinda ikki yoshga to'ldi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ