logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe va «Real»ning boshqa jarohat olgan futbolchilari ahvoli haqida ma'lumot paydo bo'ldi

 13 DEKABR, 2025, 09:12

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe hamda yarim himoyachi Eduardu Kamavinga La Liganing «Alaves»ga qarshi uchrashuvi arafasida jamoa mashg'ulotida ishtirok etmadi, deya xabar beradi "The Athletic" jurnalisti Mario Kortexana.

Qayd etilishicha, Mbappe tizzasida og'riq sezmoqda, Kamavinga esa, ehtimol, bo'lajak o'yinni o'tkazib yuboradi. Shuningdek, mashg'ulotda yarim himoyachi Federiko Valverde ham ishtirok etmadi — unda o'ng sonning ichki mushagida ortiqcha zo'riqish aniqlangan. Himoyachi Antonio Ryudiger esa chap oyog'ida noqulaylik his qilmoqda.

Valverdening o'yinda qatnashishi borasida klubda optimizm saqlanib qolmoqda. Ryudiger masalasida vaziyat noaniq, biroq futbolchining yaqin atrofidagilar uning maydonga tushishiga umid qilmoqda.

Himoyachi Din Xyoysen jarohatdan to'liq tiklanib, jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazdi. Shu bilan birga, «Alaves»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan futbolchilar ham ma'lum: Daniel Karvaxal, Trent Aleksander-Arnold, Eder Militao, David Alaba va Ferlan Mendi — barchasi jarohat sababli. Bundan tashqari, Fran Garsiya va Alvaro Karreras «Selta»ga qarshi o'yinda (0:2) qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiya sababli maydonga tusha olmaydi.

«Alaves» — «Real» uchrashuvi 14 dekabrdan 15 dekabrga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ