logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiolaning yordamchisi Rodri va Stounsning holati haqida ma'lumot berdi

 12 DEKABR, 2025, 23:36

"Manchester Siti" murabbiylar shtabi a'zosi Kolo Ture matbuot anjumanida chiqish qildi - Xosep Gvardiola qandaydir shaxsiy muammosi tufayli kelmadi. Ture kadrlar holati haqidagi savolga javob berdi.

"Bugun va ertaga futbolchilar dam olishmoqda, hamma qaytgach, futbolchilarning holati haqida ko'proq bilib olamiz. Stounsning sonida muammo bor edi, u tez orada qaytadi.

Rodri? U juda yaxshi mashq qilmoqda. Kundan-kunga u tobora yangilanib, yaxshilanib bormoqda, lekin menimcha, bu hafta oxirida biz uni ko'rmaymiz. Ammo jarayon davom etmoqda," - dedi Ture jurnalistlarga.

14 dekabr, yakshanba kuni "Manchester Siti" safarda "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ