logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" yangi yarim himoyachi topdi

 12 DEKABR, 2025, 18:00

"Rieka" klubi hujumkor yarim himoyachisi Toni Fruk faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Arsenal" so'nggi vaqtlarda Evropaning ko'plab klublari e'tiboriga tushgan 24 yoshli xorvatiyalik futbolchining o'yinlarini kuzatib bormoqda. Unga "Kristal Pelas", "Atletiko" Madrid va "Benfika" jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Fruk barcha turnirlar bilan hisoblaganda 27 o'yinda maydonga tushdi, 11 marta raqiblarini gollari bilan ranjitdi va o'z hisobiga ikkita assist yozdirib qo'ydi.

Ayni damda yarim himoyachining Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bozor narxi to'qqiz million evroni tashkil qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ