logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Misr termasi sobiq hujumchisi Jeymi Karragerning Muhammad Saloh haqidagi tanqidiga baho berdi

 12 DEKABR, 2025, 16:24

Misr terma jamoasining sobiq hujumchisi Mido Muhammad Saloh klub bilan ziddiyat fonida "Liverpul"ni tark etishi kerak, deb hisoblamoqda.

- Menimcha, u ketishi kerak. Jamoani tark etish vaqti keldi. Bosh murabbiyning ishonchini yo'qotsang, vaziyatni to'g'rilash qiyin.

Lekin u chiroyli ketishi kerak, agar gapimni tushunayotgan bo'lsangiz. U "Liverpul" uchun ko'p ish qildi. U afsona.

Jeymi Karragerning bu holat bo'yicha bildirgan fikrlariga mutlaqo qo'shilmayman. Karrager - "Liverpul" afsonasi. Uning o'zi futbol o'ynagan va vaziyatni yaxshiroq tushunishi kerak.

Futbolchilar ba'zida his-tuyg'ularga berilib ketishadi, keyin esa faoliyatini yakunlagach, ba'zida bundan afsuslanishadi. Hammamiz shunga o'xshash vaziyatga tushib qolganmiz.

"Liverpul" afsonalari Salohni biroz himoya qilishini kutgandi. U "Liverpul"da o'ynagan uch yoki to'rtta eng yaxshi futbolchidan biri bo'lishi mumkin. U "Liverpul" afsonalari, ayniqsa, Jeymi Karrager tomonidan ko'proq hurmatga loyiq," - dedi Mido.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ