logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

AS: Xabi Alonsoning "Real"dan iste'fosi faqatgina vaqt masalasi

 12 DEKABR, 2025, 15:24

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso klubdan iste'foga chiqarilish arafasida turibdi, deya xabar bermoqda AS nashri jurnalisti Xose Dias.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik Ispaniya La Ligasi 16-turi doirasida "Alaves"ni mag'lub etgan taqdirda ham iste'foga chiqarilishi mumkin. Mutaxassisning iste'fosini jurnalist vaqt masalasi deb atadi. "Real"dagilar Xabi yuzaga kelgan vaziyatni o'nglay olishiga ishonmayapti. 10 dekabr kuni madridliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga (1:2) mag'lub bo'ldi.

Xabi "Real"ni shu yilning yozida qabul qilib olgandi. Alonso ilgari Bundesligada g'alaba qozongan "Bayer"da ishlagan.

"Qaymoqranglilar" La Liganing 16-turidan keyin peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ