logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Oliver Kan Xabi Alonsoning "Real"dagi natijalaridan hayron emas

 12 DEKABR, 2025, 15:06

"Bavariya"ning sobiq darvozaboni Oliver Kan bosh murabbiy Xabi Alonsoning "Real"dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

La Ligada madridliklar 16 o'yindan so'ng turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda va "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

"Real"ning natijalaridan hayron emasman, chunki bosh murabbiyning g'oyalari "Madrid"ga to'g'ri kelmaydi.

Xabining tizimli futbol va pozitsion o'yinga asoslangan yondashuvi juda o'ziga xos o'yinchilarni talab qiladi. Ammo "Real"da futbol uslubi butunlay boshqacha.

Bu klubda gap erkinlik va individuallik haqida boradi. Futbolchilar ma'lum bir tizimda o'ynashga majbur qilinishini xohlamaydi - asosiy tushunmovchilik mana shunda.

Superyulduzlarga ma'lum bir tizimda o'ynash kerakligini ayta boshlaydigan murabbiy emas, balki ularni birlashtirishning eng yaxshi yo'lini topadigan murabbiy kerak", - dedi Oliver Kan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ