"Carukyan - divizion muammosi, barcha undan qochadi" - UFC jangchisi
12 DEKABR, 2025, 15:00
UFC jangchisi Den Xukerning fikricha, Iliya Topuriya Arman Carukyan bilan jangdan qochmoqda."Iliya u bilan jang qilishni istamasligining sababi bor. Arman diviziondagi muammo, barcha undan qochmoqda. Iliya tanaffus oldi. Qolgan ikkisi esa u bilan jangni istamayapti", - dedi Xuker.
Eslatib o'tamiz, endi engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Peddi Pimblett va Jastin Getji o'zaro jang qiladi. Carukyan esa noyabr oyida o'tkazilgan turnirda Xukerni mag'lub etgandi.
Manba: olamsport.com
