«Dinamo» darvozaboni bilan yangi shartnoma imzoladi
12 DEKABR, 2025, 11:54
«Dinamo» PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o'yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.
So'nggi 3 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan darvozabon Ravshanbek Yagudin 2026 yilgi mavsumni ham «Dinamo» safida o'tkazadi.
Tajribali darvozabon bilan amaldagi kelishuv 2026 yil yakunigacha uzaytirildi.
