Roten Benzemaning terma jamoada o'ynashiga ishonmayapti
12 DEKABR, 2025, 11:24
Frantsiyalik sobiq futbolchi Jerom Roten Karim Benzemaning milliy terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Al-Ittihod" hujumchisi yaqinda 2026 yilgi Jahon chempionatida terma jamoa safida o'ynashga tayyorligini bildirdi.
"Men bu stsenariyni imkonsiz deb hisoblayman. Taxmin qilish mumkin, ammo agar avvalgi urinish muvaffaqiyatsiz tugagan bo'lsa, Desham Benzemani qaytarishni xohlaydimi? Men uning buni boshqa takrorlamasligiga 300% aminman", dedi Roten.
