MLS'ning eng qimmat futbolchilar reytingi ma'lum bo'ldi
12 DEKABR, 2025, 08:48
Transfermarkt internet portali MLS'da to'p tepadigan futbolchilarning bozor narxlarini yangiladi.
Ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni "Los-Anjeles Gelaksi" yarim himoyachisi Riki Puch egalladi, u 18 mln evroga baholanmoqda. Ikkinchi pog'onadan 17 mln evrolik "Los-Anjeles" hujumchisi Son Xyon Min joy oldi. Kuchli uchlikni "Tsintsinnati" yarim himoyachisi Evander yakunlab berdi - €16 mln.
Transfermarkt talqini bo'yicha MLS'ning eng qimmat o'yinchilari Top-7:
Riki Puch («Los-Andjeles Gelaksi») – € 18 mln. Son Xiin Min («Los-Andjeles») – € 17 mln. Evander («Tsintsinnati») – € 16 mln. Emmanuel Latte Lat («Atlanta») – € 15 mln. Anders Dreyer («San-Diego») – € 15 mln. Rodrigo De Paul («Inter Mayami») – € 15 mln. Lionel Messi («Inter Mayami») – € 15 mln.