FIFA JCh-2026 qur'asi yuzasidan O'zbekistonga murojaat qildi (foto)
12 DEKABR, 2025, 08:42
FIFA matbuot xizmati 2026 yilgi jahon chempionati qur'asi natijalaridan keyin Instagram orqali O'zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning Instagram sahifasida O'zbekiston milliy jamoasi futbolchilariga savol yo'llangan maxsus post joylandi. Bu terma jamoaning tarixda birinchi bor jahon chempionatiga chiqishi munosabati bilan e'lon qilindi.
«Salom, O'zbekiston! FIFA jahon chempionati qur'asida ilk bor ishtirok etganingizdan so'ng o'zingizni qanday his qilyapsiz?», — deya berilgan savol.
«A'lo! Bizni oldinda ajoyib o'yinlar kutyapti. Jahon chempionatiga yaxshilab tayyorgarlik ko'rib, o'zbek muxlislarimizni xatti-harakatlarimiz bilan xursand qilishga umid qilamiz», — deyiladi O'zbekiston jamoasi nomidan bildirilgan javobda.
Ma'lumot uchun, qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston K guruhiga tushdi. U erda jamoa Portugaliya, Kolumbiya va saralash pley-off bosqichi g'oliblaridan biriga qarshi maydonga tushadi. Bu raqib keyinroq aniq bo'ladi.
