"Siti" va "Liverpul" APL yulduziga bir xil taklif yubordi. Futbolchi tanlov qilishi kerak
12 DEKABR, 2025, 05:42
Hujumchi Antuan Semeno qishdayoq "Bornmut"ni tark etib, darajasi balandroq klubga o'tishi mumkin. Matbuot 25 yoshli futbolchini anchadan buyon Angliya Premer-ligasining top-klublari bilan bog'lab keladi.
Transfer News Live nashrining CaughtOffside’ga tayanib xabar berishicha, "Manchester Siti" Semenoning transferi bo'yicha "Bornmut" bilan 65 million funt (taxminan 74,2 million evro) evaziga kelishib olgan. "Liverpul" ham "shaharliklar" taklifini takrorladi - ham bitim summasi, ham shaxsiy shartlar bo'yicha.
Endi hammasi Antuan Semenoning o'ziga bog'liq bo'ladi. U qaysi jamoaga o'tishni hal qilishi kerak.
2025/2026 yilgi mavsumda Semeno 15 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi hujum markazida ham, hujumning ikkala qanotida ham o'ynashga qodir.
