logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Merson: "Arsenal" hujumda Merino bilan APLda g'alaba qozona olmaydi"

 12 DEKABR, 2025, 05:24

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Pol Mersonning fikricha, Mikel Merino doimiy ravishda hujumchi pozitsiyasida o'ynamasligi kerak.

O'tgan turda "kanonirlar" "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi (1:2). Mikel Arteta jamoasi hamon Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda, ammo "Manchester Siti" bilan farq endi u qadar katta emas - atigi ikki ochko, "Aston Villa" esa atigi uch ochkoga ortda qolmoqda.

"O'ylashimcha, Arteta "Aston Villa"ga qarshi o'yinda Merinodan hujumda foydalanishga qaror qilib, xato qilgan. Ha, u ko'plab muhim gollar urdi, ammo raqib ajoyib formada edi - bunday o'yinda Dyokereshga o'xshagan futbolchi kerak edi.

Siz yangi hujumchi uchun katta pul to'laysiz, keyin esa uni ketma-ket uchta o'yinda zaxirada qoldirasiz. Sog'-salomat bo'lgan Dyokeresh nega o'ynamayotganini tushunmayapman. Buni avval ham aytganman va yana bir bor aytaman: "Arsenal" hujumda Merino bilan o'ynashda davom etsa, APLda g'alaba qozona olmaydi," - deya Pol Mersonning so'zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Shanba kuni London grandi o'z maydonida "Vulverxempton"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ