"Manchester Yunayted" yanvar oyida angliyalik yulduz uchun 100 mln sarflashga tayyor
12 DEKABR, 2025, 04:54
"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton "Manchester Yunayted" radarlarida qolmoqda.
"Qizil iblislar" 21 yoshli futbolchini asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Transfer News Live nashrining Fichajes'ga tayanib xabar berishicha, mankunianliklar ingliz uchun yanvar oyidayoq 100 mln evro atrofida mablag' sarflashga tayyor.
Shuningdek, Adam Uortonga "Liverpul", "Manchester Siti", "Chelsi" va Madridning "Real" klublari ham qiziqish bildirgan. "Kristal Pelas"ning yosh yulduzining mashhur Transfermarkt portalidagi taxminiy narxi 60 mln evroni tashkil etadi. Xavbekning "burgutlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
