logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qoyil! Javohir Ummataliev Arlen Lopesni mag'lubiyatga uchratib, JCH finaliga yo'l oldi

 12 DEKABR, 2025, 00:32

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev yarim finalda ikki karra Olimpiada chempioni, Kuba vakili Arlen Lopesga qarshi ringga ko'tarildi. 

Jang to'liq davom etdi va unda Javohir Ummataliev 5:0 hisobida g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi. 

Eslatib o'tamiz, Javohir bungacha Seyshel Orollari, Gaiti, Qirg'iz Respublikasi va Serbiya bokschilarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi. 

Endi bokschimiz finalda Rossiya yoki Ispaniya vakiliga qarshi ringga ko'tariladi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ