Edin Jeko qishda "Fiorentina"ni tark etishi mumkin
11 DEKABR, 2025, 23:00
Afsonaviy hujumchi Edin Jeko yaqin transferlar davrida "Fiorentina"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano yozadi.
Qayd etilishicha, "binafsharanglilar" A Seriyada so'nggi o'rinda bormoqda va allaqachon tarkibni o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Jeko Florentsiyaga yozda "Fenerbaxche"dan ko'chib o'tgan edi.
Bu mavsumda hujumchi "Fiorentina" safida 15 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi ikkita gol urdi. Transfermarkt portali Edin Jekoning narxini 1,6 mln evroga baholamoqda.
